Rossiyaning Vladimir viloyatida dron hujumi oqibatida “Yandeks” ma’lumotlar markazi infratuzilmasiga zarar yetdi. Markaz faoliyati to‘liq to‘xtatilgan, jabrlanganlar yo‘q. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati RBKga ma’lum qildi.
Hodisadan so‘ng “Yandeks Go”, “Yandeks Pey”, “Yandeks Yeda”, “Yandeks Pro”, “Alisa” va “Kinopoisk” xizmatlarida uzilishlar kuzatilgan. Nosozliklar Rossiyadan tashqari Serbiya, Qozog‘iston, Belarus va Armanistonda ham qayd etilgan.
Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeevning aytishicha, hujumdan keyin elektr ta’minoti 80 foizga tiklangan, suv va issiqlik ta’minoti esa to‘liq qayta yo‘lga qo‘yilgan.