Bugun 3 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Vladimir Putin Kurskda o‘z fuqarolariga hujum qilmoqda

Vladimir Putin Kurskda o‘z fuqarolariga hujum qilmoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Sudja shahridagi maktab-internatga havo hujumi uyushtirilgandan so‘ng, Moskvani "hatto o‘z fuqarolariga qarshi ham" bombalardan foydalanishda aybladi. Biroq Rossiya hujum uchun Ukrainani aybdor deb bildi.

Ukraina shanba kuni Rossiyani hozirda Ukraina tomonidan nazorat qilinayotgan Rossiyaning Sudja shahrida tinch aholiga boshpana bergan maktab-internatni bombardimon qilishda aybladi. Ayni paytda, Rossiya rasmiy vakillari havo hujumi ortida Kiyev turganini ta’kidlab, buni "jinoyat" deb atadi.

"Rossiya harbiy aviasiyasi Kursk viloyatidagi Sudja shahridagi maktab-internatga boshqariladigan havo bombasi bilan zarba berdi," deya xabar qildi Ukraina armiyasi bosh shtabi o‘zining Telegram kanalida. "Hujum qasddan amalga oshirildi."

Ukraina rasmiy vakillari kamida to‘rt kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiyev o‘tgan yili avgust oyida o‘z kuchlarini Rossiya chegarasi orqali Kursk viloyatiga kiritib, o‘nlab qishloq va kichik shaharlarni, shu jumladan Sudja mintaqaviy markazini egallab oldi. Janglar boshlanishidan oldin bu shaharda 6000 ga yaqin aholi istiqomat qilgan.

"Hujum sodir bo‘lgan paytda, binoda o‘nlab mahalliy aholi evakuasiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Omon qolganlarni qutqarish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda".

Kiritildi: 19:39 02.02.2025. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!