Taniqli isroillik general Itjak Brik nega AQSh va Isroil Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikdan ehtiyot bo‘layotganini tushuntirdi:
"Eron Isroilni yer yuzidan o‘chirib tashlashi mumkin. Eron hozirda 5 ta yadroviy bomba uchun material yashirmoqda, 5 ta yadroviy bomba esa Isroilni yo‘q qilishga teng... Tramp buni biladi va muzokaralar olib borishi kerakligini tushunadi".
Shuningdek, Fox News malumotlariga ko‘ra, Donald Tramp AQShning Erondagi elchixonasini qayta ochishni rejalashtirmoqda.