31 yanvar kuni amerikalik jurnalist Taker Karlson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakat fuqarolari orasida mashhur emasligi uning davlatni sotib, G‘arbga xizmat qilishi bilan bog‘liqligini aytib o‘tdi.
«U juda mashhur emas, chunki o‘z mamlakatini sotib yuborgan G‘arb kuchlarining xizmatchisidir. Ukrainaliklar uning boyib borayotganini va butun mamlakat rahbariyati ham shunday qilayotganini juda yaxshi bilishadi", dedi Karlson britaniyalik telejurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda.
Jurnalistning fikricha, Zelenskiy diktator ta’rifiga mos keladi.
«Zelenskiy saylangan [prezident] emas. U diniy konfessiyani taqiqlagan. O‘zining siyosiy raqiblarini o‘ldirdi. U til guruhini taqiqladi. Menimcha, bularning barchasi diktatura belgilaridir. <...> Agar men sizga [Zelenskiy rejimining xususiyatlari bilan] bir varaq qog‘oz berib, bu qandaydir Yevropa yetakchisining tavsifi, desam, siz buni noqonuniy va bu odam diktator deb aytar edingiz», — dedi Karlson.
Jurnalistning fikricha, Kiyevni mojaroda qo‘llab-quvvatlash AQShning milliy manfaatlariga, xususan, jahon zaxira valyutasi sifatidagi dollarga zarar yetkazadi.