1,6 million a’zolik tashkilot Gitler yoshlari harakati bilan taqqoslanadi va Kreml tomonidan Rossiyadagi yoshlarni ongiga singdirish va harbiylashtirish uchun foydalaniladi.
Xakerlar Kremlning «Yunarmiya» (Yosh armiya) veb-saytida rossiyaliklarni Vladimir Putinni «o‘ldirishga» chaqirgan dahshatli xabar qoldirdi.
Saytga joylashtirilgan ikkiga bo‘lingan rasmda xakerlar Rossiya diktatori va uning Ukrainadagi qonli urushini nishonga olishgan.
Tasvirning yarmida ruscha Lada rusumli avtomobil tasvirlangan bo‘lib, uning yonida: “Eringni mahalliy ishlab chiqarilgan «Lada»ga almashtir” degan yozuv bor.
Bu Ukrainada halok bo‘lgan rossiyalik askarlarning xotinlari va oilalariga to‘lanadigan kompensasiya paketlariga ishora.
Rasmning ikkinchi yarmida Putinning Qizil maydonda yosh bolani quchoqlagani aks etgan mashhur surat aks etgan.
Putinning tepasidagi fikr pufakchasida: “Buni ham [qora dafn] sumkaga soling, deb yozilgan bo‘lsa, uning ostida: «Yunarmiya – sizning eng yaxshi, qisqa kelajagingiz» deb yozilgan.
«Yunarmiya» 2015 yilda sakkiz yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni militarizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan.
Donetsk viloyatining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida yashovchi ukrainalik bolalar Yunarmiya safiga majburan jalb qilingani haqida dalillar paydo bo‘lgan.