Vladimir Putin Ukrainada jang qilishi evaziga «aziz do‘st» Kim Chen Inga katta miqdorda neft jo‘natgan.
Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, Rossiya joriy yilning mart oyidan beri Shimoliy Koreyaga million barreldan ortiq neft yetkazib bergan.
Buyuk Britaniyada joylashgan Open Source Centre notijorat tadqiqot guruhi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarining batafsil tahlili Moskva va Pxenyan o‘rtasida davom etayotgan ulkan ta’minot zanjirini aniqladi.
Rasmlarda Shimoliy Koreyaning o‘ndan ortiq turli neft tankerlari Rossiyaning Uzoq Sharqidagi neft terminaliga so‘nggi sakkiz oy ichida jami 43 marta kelganini ko‘rsatadi.
Ta’minotlar Vladimir Putin va uning «aziz do‘st»i Kim Chen In o‘rtasidagi munosabatlar o‘sib borayotganini aks ettiradi.