Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Vladimir Putin aloqa xizmatlarini bloklashga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

 Vladimir Putin aloqa xizmatlarini bloklashga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Qonunga ko‘ra, aloqa operatorlari Federal xavfsizlik xizmati talabi bilan prezidentning normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda mobil aloqa va simli internet xizmatlarini cheklashi shart bo‘ladi. Bunday vaziyatda aloqa uzilishi abonent bilan tuzilgan shartnomani buzsa ham operator javobgarlikka tortilmaydi.

Qonun loyihasining dastlabki talqinida FXXga “fuqarolar va davlatni yuzaga kelayotgan xavfsizlik tahdidlaridan himoya qilish maqsadida” yangi vakolat berilishi nazarda tutilgan edi. Biroq Davlat Dumasidagi ikkinchi o‘qish jarayonida ushbu iboralar hujjatdan chiqarib tashlangan.

Ma’lum qilinishicha, qabul qilingan mazkur qonun Rossiya prezidentiga butun mamlakat bo‘ylab yoki alohida hududda aloqa xizmatlarini cheklash shartlarini mustaqil ravishda belgilash huquqini beradi va bu qaror sabablarini ochiq izohlash majburiyatini yuklamaydi.

Avvalroq rasmiylar ushbu qonun zarurligini Ukraina dronlari hujumlari bilan asoslagan edi.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!