The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff va Oq uydagi kuyov Jared Kushner G‘azo sektorini qayta tiklash bo‘yicha yirik loyiha ustida ishlamoqda.
Project Dawn deb nomlangan reja bombardimon qilingan G‘azoni zamonaviy megapolisga aylantirishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish taxminan 10 yil davom etadi va 112,1 mlrd dollar talab qilinadi.
WSJ qayd etishicha, qayta qurishni kim moliyalashtirishi va ishlar davomida falastinliklar qayerda yashashi hozircha aniq emas. Rejaga ko‘ra, 10 yildan so‘ng G‘azo keyingi tiklash ishlarini mustaqil moliyalashtirish va kreditlarni qaytarishni boshlashi mumkin.