Moskvaning "Lokomotiv" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov Abbosbek Fayzullayevning Turkiya chempionati klubiga ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, "harbiylar" futbolchisiga "Istanbul Bashakshehir" klubi qiziqish bildirayotgan edi. Rossiya klubidan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi hali tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan va bu boradagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.
"Mavsum kutilganidek sermahsul bo‘lmadi, ammo u baribir terma jamoa va klub uchun jonbozlik ko‘rsatdi va muhim gollarni urdi. SSKA va Abbos bu kelishuvdan foyda ko‘rdi: u eng kuchli chempionatga emas, balki o‘z darajasiga mos yaxshi klubga o‘tdi," - deya Denisovning so‘zlarini keltiradi "Sovetskiy Sport".