Vinisius Junior "Real"ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yana avj olmoqda.
"Sevilya"ga qarshi kechgan o‘yinda "qaymoqranglilar" muxlislari braziliyalik futbolchiga hushtakbozlik qilishdi. Futbolchi bunga tezda munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda jamoa libosidagi suratini olib tashladi. Endi futbolchining Madriddagi kelajagi yana mavhum bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, TEAMtalk nashrining ta’kidlashicha, Vinisiusning manfaatlarini himoya qiluvchi vositachilar allaqachon "Manchester Siti", "Liverpul" va "Chelsi"ga 25 yoshli yulduz faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilishgan.
Taxminlarga ko‘ra, "Real" Vinisius bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, uni yozda sotib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.