“Real” rahbariyati bir necha oy davomida braziliyalik legioner Vinisius Junior bilan yangi shartnoma tuzish masalasini hal qila olmay kelayotgan edi. Endi buning sabablari oshkor bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius bosh murabbiy Xabi Alonsoning klubdagi kelajagi qanday bo‘lishini kutgan. Taniqli insayder Fabrisio Romanov ular o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat bo‘lganini ta’kidladi.
- Xabi bilan ayrim futbolchilar o‘rtasida munosabatlar bir necha oydan beri tarang edi. Mavsumning birinchi yarmidagi ilk “el-klasiko”da nima bo‘lganini hammamiz ko‘rdik. “Real” o‘sha bahsda “Barselona”ni mag‘lub etdi, ammo Vinisius Juniorning zaxiraga olinganidagi reaksiyasi hammaning yodida qoldi.
Shundan keyin Xabi Alonso u bilan munosabatlarni to‘g‘rilashga, umumiy til topishga harakat qildi. Ammo men avval aytganimdek, Vinisiusning “Real” bilan yangi shartnomasi masalasida futbolchi klubda Xabi Alonso bilan bog‘liq vaziyat qanday yakun topishini kutayotgan edi. Shu bois Vinisius bilan bog‘liq voqea barcha jarayonlar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ldi, - deb yozdi Romano.