Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vinisius Junior «Benfika»ga qarshi o‘yindagi irqchilik janjaliga munosabat bildirdi

Vinisius Junior «Benfika»ga qarshi o‘yindagi irqchilik janjaliga munosabat bildirdi

Madridning «Real» jamoasi vingeri Vinisius Junior Chempionlar ligasi pley-off bosqichining «Benfika»ga birinchi qarshi o‘yinida (1:0) yuz bergan irqchilik janjali yuzasidan fikr bildirdi.

«Irqchilar — avvalo qo‘rqoqlar. Ular o‘zlarining qanchalik zaif ekanini ko‘rsatish uchun og‘izlarini futbolkalari bilan berkitishga majbur. Ammo ularni nazariy jihatdan jazolashi kerak bo‘lganlar tomonidan himoya bor.

Bugun sodir bo‘lgan holat mening hayotimda ham, jamoam hayotida ham yangi emas. Golni nishonlaganim uchun sariq kartochka oldim va haligacha nega bunday bo‘lganini tushunmayman. Boshqa tomondan esa, bu hech qanday foyda bermayotgan, yomon ishlayotgan protokol, xolos», — deb yozdi Vinisius o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi taymda o‘yin to‘xtatildi. Sabab — braziliyalik hujumchi Vinisius Junior «Benfika» futbolchisi Janluka Prestianni uni «maymun» deb haqorat qilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!