Hujumchi Vinisius Junior "Real" bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni sekinlashtirdi.
Fichajes portalining xabariga ko‘ra, Vinisius va uning vakillari vaqtni cho‘zmoqda va o‘yinchi o‘rta muddatda ega bo‘ladigan barcha variantlarni baholamoqchi. Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Agar u shartnomani uzaytirmasa, kelasi yozda, shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda, manfaatdor klublar u bilan shartnoma imzolashlari osonroq bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, Vinisius o‘z taqdirini o‘z qo‘lida saqlashga harakat qilmoqda. "Real Madrid" Vinisiusning pozisiyasidan qoniqmayapti. "Qaymoqranglilar" 25 yoshli braziliyalik yulduzni eng yuqori narxda sotish uchun yozda transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Transfermarkt portali Vinisiusni 170 million yevroga baholamoqda.