Vinisius Junior Gavining klasiko vaqtida aytgan so‘zlariga javob qaytardi.
O‘yin oxirida maydonga tushgan «Barsa» yarimhimoyachisi Viniiusga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Braziliyalik vinger hakamdan Gavi uchun kartochka talab qila boshladi. Ispaniyalik futbolchi esa bir necha bor «4:0» deya hisob kataloniyaliklar foydasiga ekanligini imo-ishoralar yordamida ko‘rsatdi.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, «Real» futbolchisi ham jim turmadi va quyidagicha javob berdi: «Ha, ha, lekin dushanba kuni men «Oltin to‘p» uchun boraman».
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» topshirish marosimi 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.