Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mayk Taysonning rekordini yangilagan, qariyb bir hafta oldin jang qilgan chempion bokschi 35 yoshida vafot etdi

A A A
Mayk Taysonning rekordini yangilagan, qariyb bir hafta oldin jang qilgan chempion bokschi 35 yoshida vafot etdi

Og‘ir vaznda WBA Gold yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Pol Bamba (19-3, 18 KO) 35 yoshida vafot etdi.

Bu haqda amerikalik menejer, qo‘shiqchi Ne-Yo ma’lum qildi. O‘lim tafsilotlari oshkor etilmagan.

"U buyuklikka erishish uchun tinimsiz intilar edi. Lekin, eng muhimi, u o‘zining g‘ayrioddiy g‘ayrati va qat’iyati bilan ko‘pchilikni ilhomlantirgan inson edi", deyiladi bayonotda.

Bir hafta oldin, 21 dekabr kuni Bamba 6-raunddan keyin jangni davom ettirishdan bosh tortgani uchun Rogelio Lunani mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 14:19 30.12.2024. O'qildi: 15818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!