Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bo‘lajak Prezident Panama kanalini nega AQSh nazoratiga qaytarmoqchi?

Bo‘lajak Prezident Panama kanalini nega AQSh nazoratiga qaytarmoqchi?

AQShning bo‘lajak prezidenti Panama kanalini ham AQSh nazoratiga qaytarmoqchi. Oqim orqali o‘tish uchun belgilangan yuqori tariflar tufayli kanalni tezda Amerika ixtiyoriga qaytarish zarurligini aytarkan, siyosatchi Panama suv havzasi savdo munosabatlari, shuningdek Atlantika va Tinch okeanlarida harbiy-dengiz kuchlarni tezkor joylashtirishda AQSh uchun muhim ahamiyatga egaligini eslatdi. Tabiiyki, istak bir tomon, niyatni amalga oshirish boshqa masala. Binobarin, Panama Prezidenti Xose Raul Mulino CNN telekanaliga bergan intervyusida Trampning kanalni qaytarish haqidagi bayonotini qo‘pol tarixiy jaholatning namoyoni, deb baholadi.

– 31 dekabr kuni kanal panamaliklar qo‘liga o‘tganiga 25 yil to‘ldi, – degan yetakchi. – Panama kanali 1977 yil imzolangan shartnoma asosida to‘liq davlatimizga tegishli. Demak, mamlakat suverenitetiga muvofiq, muzokara olib borilmaydi.

Panama hududidan o‘tadigan Markaziy Amerikadagi mazkur sun’iy inshoot Atlantika va Tinch okeanlarini bog‘laydi. Shu bois xalqaro ahamiyatga ega juda muhim transport suv yo‘li hisoblanadi.

Kiritildi: 16:16 02.01.2025. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!