Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Video: Zangiotada zanjirband qilingan ayol voqea tavsilotlarini ochiqladi

A A A
Video: Zangiotada zanjirband qilingan ayol voqea tavsilotlarini ochiqladi

Toshkent viloyati Zangiota tumanila 23-26 sentyabr kunlari o‘z uyida turmush o‘rtog‘i tomonidan zanjirlab qo‘yilgan ayol voqeasi davom etmoqda. Avvalroq oila boshlig‘i turmush o‘rtog‘ini zanjirlab qo‘ygani sababini tushuntirgan video taqdim etilgan edi. 

Turmush o‘rtog‘i tomonidan 10 yil davomida muntazam kaltaklanib, bosim ostida yashayotganini aytgan ayol voqealar to‘g‘risida o‘z haqiqatlarini oshkor qilishni lozim topgan. Ayolning aytishicha, u yengil tabiatli ayol emas va bu voqealarni ommaga ma’lum qilishga uni zarurat majbur qilgan. Uch nafar farzandini tarbiyalayotgan ayol eri tomonidan 10 yil davomida kaltaklanib, haqoratlanib kelayotganini aytadi. Shu paytgacha ajrashmayotganiga sabab qilib turmush o‘rtog‘ining unga tahdid qilib kelishini ko‘rsatgan. Batafsiz voqea tafsilotlarini quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:03 16.10.2019. O'qildi: 4616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!