Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Video: Turmush o‘rtog‘i tarobeh namoziga borgan xorijlik ayolga masjidda qulaylik bormi?

Video: Turmush o‘rtog‘i tarobeh namoziga borgan xorijlik ayolga masjidda qulaylik bormi?

Ushbu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat mudiri Muhammad Ayub Homidov javob berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda 1,6 milliarddan ortiq musulmon bo‘lib, ular dunyoning deyarli barcha mintaqasida yashaydi. Har yil O‘zbekistonga jahonning 70 ga yaqin mamlakatidan 2-3 millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. Ular orasida ziyorat turizmi uchun keladiganlar ham anchagina. Mana shu kunlarda O‘zbekistonga xorijdan ayoli bilan kelgan erkak tarobeh namozi uchun masjidga kirsa, uning ayoli uchun qanday qulaylik taklif qilish mumkin? Vaholanki, bizda xotin-qizlar masjidga kirmaydi.

Bu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat mudiri Muhammad Ayub Homidov shunday javob berdi.

Hozirda ziyorat turizmi rivojlanib borayotgani quvonarli, deydi islomshunos olim. Sababi, yurtimizga har kuni minglab sayyohlar kelmoqda. Hasti Imom dahasida ham har kuni ko‘plab sayyohlarni uchratamiz. Tabiyki ziyorat turizmida Indoneziya, Malayziya, BAA kabi davlatlardan ko‘plab, erkak va ayollar kelmoqda.

Turmush o‘rtog‘i yoki dugonalari bilan kelgan sayyohatchi xotin-qizlar uchun masjidlarimiz va ziyoratgohlarning yonidagi masjidlarda alohida sharoitlar yaratilgan. Ular bemalol namoz o‘qishiga qulayliklar bor. Ammo, kechasi tarobeh namozlarida... Toshkent misolida aytadigan bo‘lsak, odam juda ko‘p bo‘lib, masjidlarni aholi to‘la egallab olgani uchun ayollarga bu borada qulaylik qilish imkoni bo‘lmadi. Chet ellik ziyorat turizmi bilan kelgan ayol namozxonlar uchun kelajakda sharoitlar yaratish chorasi ko‘riladi.

Shu o‘rinda homilador va bola emizuvchi ayollarning ro‘za tutishi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ular kitoblarda alohida bayon qilingan. Mashhur Hadisda ro‘za qiyinchiliklar ulardan olingan. Boladan xavotir bo‘lsa, ular boshqa kunlarda tutib berishi mumkin. Bolasini sutdan chiqargandan keyin, farzandi tug‘ilgandan keyin bir kuniga bir kun tutib beradi.

Ularga mutaxassis shifokorlar bolaning sog‘ligiga zarar kelmaydigan tarzda ro‘za tutishni tavsiya qilsa, tutish kerak.

Saytimizni kuzatib boring. Ertaga shifokor jarrohning ro‘za tutib, ozishning inson salomatligi ta’siri haqidagi fikrlari bilan tanishasiz.

Kiritildi: 10:15 16.05.2019. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!