Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab, izoh yozgan yigit 5 yilga qamaldi

Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab, izoh yozgan yigit 5 yilga qamaldi

Namanganda 1996 yilda tug‘ilgan yigit prezidentga qarshi haqoratli izohlar yozgani uchun sudlandi. Bu haqda Uznews xabar berdi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi 2016 yil 26 sentyabr kuni O‘zbekistondan Ozarbayjonga borib, 2016 yil 30 sentyabr kuni u yerdan fuqarolik pasportiga dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun maxsus ruxsat stikeri rasmiylashtirilmagan bo‘lsada, belgilangan tartibni buzib, Eronga kirib, qonunga xilof ravishda chet elga chiqqan.

Bundan tashqari, D.Tursunov o‘z harakatlarini davom ettirib, Facebook'da 2023 yil 8 may kuni ushbu profiliga “O‘zbekiston Prezidenti” Moskvada G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi” nomli maqoladan ko‘chirib olingan ekran tasvirini joylashtirib, ushbu postda O‘zbekiston prezidentini haqoratlagan va unga tuhmat qilgan.

Bundan tashqari u Facebook orqali turli postlarga davlatga qarshi izohlar qoldirgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi JKning 158-moddasi 3-qismi va 223-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga uzil-kesil 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 12:23 30.04.2024. O'qildi: 2815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!