Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dam olish kunlari respublikaning katta qismida kuchli jala yog‘inlar bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning  katta qismida kuchli jala yog‘inlar bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning katta qismida kuchli jala yog‘inlar bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 4—5 may kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizax, Qashqadaryo, Toshkent, Surxondaryo va vodiy viloyatlarida janubiy siklonlar chiqib kelishida vaqti-vaqti bilan chaqmoq—momaqaldiroqli jala yog‘inlar bo‘lishi mumkin.

Ayrim hududlarda kuchli yog‘inlar bo‘lib, tog‘ va tog‘ etaklarida sel—suv toshqinini, tekiliklarda suv bosishlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Janubiy siklonlarning respublikaga kirib kelishida kuchli shamollar va chang to‘zonlari ko‘tarilishi ham mumkin.

Juma va shanba kunlari joylarda kunduzi havo haroratining +30°S gacha ko‘tarilishi, konveksiya jarayonini, bu ob—havo o‘zgarishlariga moyil kishilarida xalovatsizlik, havoda kislorod yetishmovchiligini vujudga keltirishi mumkin.

Kiritildi: 17:45 02.05.2024. O'qildi: 2396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!