Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi

Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi

Farmon bilan (PF-69-son, 30.04.2024 y.) ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰Unga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan quyidagilar belgilandi:

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 so‘m;

🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

🔹boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

🔹boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 so‘m.

Kiritildi: 10:13 02.05.2024. O'qildi: 2310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!