Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQShni rad etdi

Xitoy AQShni rad etdi

Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan qurollarni nazorat qilish va yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha keyingi muzokaralardan bosh tortdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.

«Afsuski, XXR keyingi uchrashuvdan bosh tortdi va biz taqdim etgan variantlarga mazmunli javob bermadi», dedi AQSh Davlat departamenti.

Qayd etilishicha, Vashington Pekinga yadro va kosmik sohadagi mojaro yoki keskinlashuv xavfiga qarshi kurashish uchun «oqilona qadamlar»ni taklif qilgan. Rejaga «mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash», shuningdek, «balistik raketalarni sinovdan o‘tkazish uchun ogohlantirish tizimini yaratish» va «kosmosdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan harakatlar» kiritilgan.

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili Lyu Pengyu Davlat departamenti vakilining so‘zlariga javoban, yirik yadroviy arsenallarga ega bo‘lgan davlatlarni yadroviy qurol nazorati bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun ularni sezilarli darajada kamaytirishga chaqirdi.

AQSh va Xitoy 2023 yilning noyabr oyida Vashingtonda qurol-yarog‘ nazorati bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazgan. 2024 yilning aprel oyida Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘rta masofaga uchuvchi quruqlikdagi raketa tizimlarini joylashtirdi.

Kiritildi: 14:44 02.05.2024. O'qildi: 3381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!