Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sanksiyalar girdobidagi ikki davlatning urunishlari: raqamli rubl va kripto-rial

Sanksiyalar girdobidagi ikki davlatning urunishlari: raqamli rubl va kripto-rial

Rossiya va Eron moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishning yangi usullarini ishlab chiqmoqda. Amaldagi texnologiyalar orasida Markaziy banklarning raqamli valyutalari va raqamli moliyaviy aktivlar mavjud. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalariga Eron elchixonasining savdo attashesi Rahim Mohsen ma’lum qildi.

Uning eslatishicha, har ikki davlatga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalar tufayli Moskva va Tehron to‘lovlarni dollar va yevroda amalga oshira olmaydi.

«Bu fonda Rossiya va Eron raqamli moliyaviy aktivlar va markaziy banklarning raqamli valyutalariga o‘tish imkoniyatlarini o‘rganishni boshladilar», dedi Rahimi Mohsen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap raqamli rubl va kripto-rial kabi vositalar haqida ketmoqda.

Yangi to‘lov usullari ikki davlat o‘rtasidagi savdoni soddalashtirishi va sanksiyalar ta’sirini yumshatishi kutilmoqda. Dollar va yevroda to‘lovni amalga oshira olmagani uchun Rossiya va Eron milliy valyutalardan foydalanishga o‘tdi. Biroq, konvertasiya qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, bu esa Rossiya korxonalarining foydaning 20-25 foizini yo‘qotishiga olib keladi.

Mutaxassislarning fikricha, Markaziy bankning bunday hisob-kitoblari va raqamli valyutalarining ishga tushirilishi savdoni soddalashtiradi va tranzaksiyalarning xavfsizligi va shaffofligini oshiradi. Bu Rossiya bilan savdoni davom ettirayotgan boshqa davlatlar bilan bunday hisob-kitoblarga o‘tishda namuna bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 13:48 02.05.2024. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!