Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

VIDEO! Islom Karimov O‘zbekistondan qurol-aslahalarning olib chiqilishini taqiqlagandi

VIDEO! Islom Karimov O‘zbekistondan qurol-aslahalarning olib chiqilishini taqiqlagandi

Islom Karimov fondi Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan unutilmas xotiralarni yodga oldi.

"O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z armiyasiga ega emas edi. Mamlakat hududida SSSRning bir necha respublikasini qamrab olgan Turkiston harbiy okrugining harbiy qismlari joylashgan edi. O‘sha kezlar jangovar bo‘linmalar – bir respublikada, qo‘shin ta’minoti va omborlar esa boshqasida joylashgan bo‘lar edi. Boshqacha aytganda, bir respublika hududida yaxlit harbiy tuzilma mavjud emas edi.

Mamlakatimizning yon-atrofida, xususan, Tojikiston va Afg‘onistonda ro‘y berayotgan xavotirli jarayonlar O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini ta’minlash masalalarini hal etish borasida shoshilinch choralar ko‘rishni talab etar edi.

Shu bois, 1991 yil oxirida bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozonganidan keyinoq Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning milliy Qurolli Kuchlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Oliy Kengashning 1992 yil 14 yanvarda o‘tgan sessiyasida Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston hududida joylashgan barcha quruqlikdagi qo‘shinlar qismlarini respublika yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ertangi kun haqida qayg‘uradigan chinakam yetakchi sifatida Prezident Karimov 1992 yil 7 fevral kuni 

Qurolli Kuchlar tasarrufidagi barcha ko‘char hamda ko‘chmas mulklar xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayoniga jalb etilmasligi to‘g‘risida buyruq berdi. Ayni shu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan qurol-aslaha, texnika va asbob-uskunalarni olib chiqib ketish ham taqiqlandi.

Ushbu qat’iy harakatlar tufayli respublikamiz harbiy aviasiya samolyotlari hamda vertolyotlarini, artilleriya, jumladan, o‘t ochish tizimlarini, bronetexnika hamda tanklarni saqlab qola bildi; ularning ko‘plari haligacha mamlakatimiz tinchligi muhofazasiga xizmat qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti va Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan keyingi islohotlar tufayli mamlakatimiz Qurolli Kuchlari dunyoda mudofaa salohiyati borasida kuchlilardan biriga aylandi; nafaqat Markaziy Osiyoning aholisi eng zich davlatida, balki butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynadi.

Harbiy salohiyat bo‘yicha 2018 yilgi butunjahon indeksida (Global Firepower Index) O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 128 mamlakat orasida 39-o‘rinni egalladi. Sobiq sovet davlatlari orasida esa mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy salohiyat bo‘yicha Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda qayd etildi".

Kiritildi: 13:46 14.01.2020. O'qildi: 4423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!