Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Video: Chorvoqdagi "dacha"da fohishalik qilayotganlar qo‘lga olindi

Video: Chorvoqdagi "dacha"da fohishalik qilayotganlar qo‘lga olindi

Chorvoqdagi "dacha"da fohishalik qilayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda "25-soat" ko‘rsatuvida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, tezkor tadbir natijasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dala hovlisini yigit va qizga jinsiy aloqa qilish uchun ajratib bergan fuqarolar — Abdulaziz va Markaboy ismli shaxslar ushlangan. Aniqlanishicha, Nargiza ismli qiz "mijoz" bilan kelib uy egalariga 50 dollar va 160 ming so‘m bergan. Shuningdek, oradan vaqt o‘tgach Mohira ismli qizdan ham 100 dollar va 500 ming so‘mni olib dala hovliga qo‘yishgan. Tezkor tadbir davomida xonadonga kirilganda u yerda haqiqatan yigit va qizlar jinsiy aloqa qilayotganliklari ma’lum bo‘lgan. Ularning barchasi ushlangan. Qizlar "mijoz"larni internetdan topib shu yerga olib kelganliklarini bildirgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:15 20.05.2020. O'qildi: 27486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!