Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

VIDEO. «Andijon» hokimi g‘alabani futbolchilar bilan birga nishonladi

VIDEO. «Andijon» hokimi g‘alabani futbolchilar bilan birga nishonladi

Kecha, Superliganing 5-turidan o‘rin olgan Andijon va Nasaf o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda maydon egalari mavsumdagi ilk g‘alabasini tantana qilishdi. Shu bilan birga bu o‘yin Andijondagi Sog‘lom Avlod o‘yingohining qayta rekontrusiyasidan so‘ng o‘tkazilgan ilk bahs edi.

Uchrashuv qiziqarli va muxlislar bop o‘tdi desam adashmagan bo‘laman. Andijonlik muxlislarning sevimli jamoasini to‘xtamay qo‘llab-quvvatlab turganiga qoyil qolmay iloj yuq.

Uchrashuv yakuniga yetgach, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon ning har bir futbolchisiga 10 million so‘m pul mukofotini stadionning o‘zida topshirdi. Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Farhod Bekmuratovga va’da qilingan Gentra avtomashinasi topshirildi.

Bizning Superligada jamoalar xususiy emasligini hisobga olsak, har bir viloyat hokimlari o‘z jamoalariga Shuhrat Abdurahmonov singari e’tiborliroq bo‘lsa bundan faqat jamoa yutadi va mamlakatimizda futbol rivojlanadi, menimcha.

Kiritildi: 10:42 19.04.2019. O'qildi: 1460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!