68 yoshli Chiong Mi Lan aprel oyida o‘lim jazosiga hukm qilingandi. Sudda ma’lum qilinishicha, Chiong Mi Lan 2011 yildan 2022 yilga qadar bo‘lgan muddatda Saigon Commercial Bank bankidan 304 trillion dong miqdorida (12,5 mlrd AQSh dollari) kredit olgan. Bu — Vyetnamning 2022 yilgi yalpi ichki mahsulot hajmining qariyb 3 foizi demakdir. Shu bilan birga, uning harakatlaridan davlatga yetkazilgan zarar 27 mlrd dollarga baholangan.
Vetnam qonunchiligiga ko‘ra, agar iqtisodiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosiga hukm qilinganlar o‘g‘irlangan mablag‘larning 75 foizini qaytara olsa, ularning hayoti saqlab qolinadi. Shunday ekan, Chiong Mi Lan o‘lim jazosidan qutulib qolishi uchun 9 mlrd dollar atrofidagi mablag‘ topishi kerak bo‘ladi. 9 mlrd dollar topa olmasa, uni qatl etishadi.