Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Vyetnamdagi suv toshqinlari qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Vyetnamdagi suv toshqinlari qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Vyetnamning markaziy hududlarida kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi. Ilgarigi hisobotda qurbonlar soni 28 nafar deb xabar berilgan edi.

Bu haqda «Report» nashri «Sinxua» agentligiga tayanib ma’lum qildi. Ma’lumotga ko‘ra, bu haqda mamlakatning Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va to‘g‘onlarni boshqarish bosh boshqarmasi xabar bergan.

Hozirda 5 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, yana 60 nafar fuqaro jarohat olgan.

Tabiiy ofat natijasida 16,5 mingdan ortiq uy, 6,1 ming gektardan ziyod ekin maydonlari va bog‘lar suv ostida qolgan, shuningdek, 75 mingga yaqin xonadon hanuz elektr ta’minotisiz qolmoqda.

Vyetnam hukumati markaziy hududdagi to‘rtta shahar va viloyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 450 milliard vyetnam dongi (taxminan 17,93 million dollar) miqdorida favqulodda yordam jamg‘armasini tashkil etishni ma’qulladi.

Kiritildi: 15:38 02.11.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!