Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Vetnamdagi sel fojeasi siyosiy boshqaruv tanqidiga sabab bo‘ldi

Vetnamdagi sel fojeasi siyosiy boshqaruv tanqidiga sabab bo‘ldi

Vetnamning shimolidagi Diyen Byen viloyatida yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘lgan kuchli sel va yer ko‘chkilari oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Tabiiy ofat faqat fojiali oqibatlarga emas, balki hukumatning inqirozlarga tayyorgarlik darajasi va siyosiy boshqaruvini ham shubha ostiga qo‘ydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqimi payshanba kuni kechqurun bir necha soat davom etgan kuchli yomg‘irdan so‘ng yuzaga kelgan. Sa Zung qishlog‘i eng ko‘p zarar ko‘rgan — bu yerda 1 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi bedarak yo‘qolgan. Xang Pu Si qishlog‘ida esa 2 bola ko‘chki ostida qolgan.

Hududdagi elektr va transport aloqalari uzilgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ammo hozirgi kunda ham yog‘ingarchilik to‘xtamaganligi tufayli operasiyalar qiyinlashmoqda.

Hukumat tanqid ostida

Mahalliy faollar va kuzatuvchilar hukumatni sel xatarlariga tayyorgarlik ko‘rmaganlikda, hamda infratuzilma muammolarini yechimsiz qoldirganlikda ayblamoqda. Ularning ta’kidlashicha, mamlakatda har yili shunga o‘xshash ofatlar sodir bo‘lsa-da, hech qanday tizimli choralar ko‘rilmayapti.

Muxolifat va fuqarolik jamiyati vakillari Vyetnam hukumatini iqlim xavflari bo‘yicha milliy strategiyani qayta ko‘rib chiqishga, aholini himoya qilish bo‘yicha siyosiy javobgarlikni ta’minlashga chaqirmoqda.

Kiritildi: 19:17 01.08.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!