Vyetnamning markaziy qismida "Trami" tropik bo‘roni sabab suv toshqini oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda VnExpress axborot portali xabar berdi.
"Trami" bo‘roni oqibatida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari tufayli Kuangbin provinsiyasining 12 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 7 kishi jarohat oldi, 34 mingga yaqin uy suv ostida qoldi va 5 baliqchi qayig‘i cho‘kib ketdi.
Favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, toshqin 790 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi ekinlari, 700 gektardan ortiq baliqchilik xo‘jaliklarini vayron qilgan, 500 bosh chorva va 70 ming parranda nobud bo‘lgan. Shuningdek, yo‘llar, dengiz qirg‘oqlari va qirg‘oq infratuzilmasiga jiddiy zarar yetganligi qayd etilgan.