Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Vyetnamda dunyodagi birinchi oltin bilan qoplangan mehmonxona ochildi

A A A
Vyetnamda dunyodagi birinchi oltin bilan qoplangan mehmonxona ochildi

Vyetnam poytaxtida dunyodagi birinchi tashqi yuzasi va interyeri oltin bilan qoplangan, besh yulduzli Dolce Hanoi Golden Lake mehmonxonasi ochildi, deb xabar berdi «Korrespondent.net».

Dolce Hanoi Golden Lake Hanoy markazida joylashgan hamda 25 qavatdan iborat. Mehmonxonaning eshiklari, devorlari, tomi hamda boshqa interyer elementlari, shuningdek, 5 ming kvadrat metrga yaqin tashqi yuzasi 24 qirotli oltin bilan qoplangan.

Mehmonxona qurilishiga o‘n yil sarflandi. Unda 342 ta nomer bo‘lib, ularning bir qismi oltin suvi yugurtirilgan mebel, vanna, unitaz va dekor bilan bezatilgan.

Mehmonxonada bir kecha tunash narxi 250 dollardan boshlanadi.

Kiritildi: 09:54 06.06.2020. O'qildi: 3251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!