Vyetnam Milliy Assambleyasi (bir palatali parlament) sobiq ichki ishlar vaziri Fam Txi Txan Cha va Gia Lai viloyat partiya qo‘mitasining sobiq kotibi Zyalay Xo Kuok Zungani Bosh vazir o‘rinbosarlari etib tayinlashni ma’qulladi.
Ularning nomzodlarini tasdiqlash uchun ovoz berish hozirda Xanoyda davom etayotgan 15-milliy assambleyaning 10-yakuniy sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Bosh vazir Fam Min Chinning qo‘shimcha ikki o‘rinbosarlari nomzodlarini ma’qullash to‘g‘risidagi qaror sessiyada qatnashgan 430 a’zodan 429 nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Ngean markaziy provinsiyasida yashovchi 61 yoshli Fam Txi Txan Cha Vyetnam tarixidagi birinchi ayol bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi. So‘nggi tayinlovlarni hisobga olgan holda, amaldagi vazirlar mahkamasi rahbariyati 10 nafar a’zodan, jumladan, Bosh vazir Fam Min Chin va to‘qqiz nafar o‘rinbosardan iborat.