AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroning cheksiz urushga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.
«Biz u yoki bu shaklda Eron bilan mojaroda allaqachon yetti oydan beri ishtirok etmoqdamiz. Ishonch bilan aytishim mumkinki, Donald Tramp buning cheksiz urushga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi», — deya ta’kidladi Vens.