AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens o‘zining maxfiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatidan unumli foydalanib, noma’lum uchar ob’ektlar (NLO) va g‘ayritabiiy hodisalar bilan bog‘liq masalalarga oydinlik kiritish niyatida.
Vens bu haqda Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.
«Men qat’iy e’tiqodli xristianman va hamma narsani faqat fizika qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Men farishtalar deb atash mumkin bo‘lgan ezgu ruhlar mavjudligiga ishonaman. Shuningdek, yovuz ruhlar ham bor, deb hisoblayman», — dedi Vens.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u NLO bilan bog‘liq materiallarni o‘rganishni boshlagan, biroq hozircha to‘liq ma’lumotga ega emas.
«Men ushbu masalani atroflicha o‘rganish uchun o‘ta maxfiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatimni ishga solmoqchiman. Bu borada ijobiy javobni ham, dahshatli haqiqatni ham topishim mumkin», — deya qo‘shimcha qildi vise-prezident.