AQSH-Eron tinchlik shartnomasi Isroil, Livan va Fors ko‘rfazi davlatlariga taalluqli bo‘ladi.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens amerikalik jurnalist Megin Kelli bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Bu mintaqaviy tinchlik shartnomasi. U Fors ko‘rfazini, Isroilni, Livanni qamrab oladi. Xulosa shuki, bu to‘laqonli mintaqaviy tinchlik shartnomasi", deb ta’kidladi u.
15 iyun kechasi AQSH, Eron va vositachi sifatida ish olib borayotgan Pokiston vakillari tomonlar Vashington va Tehron o‘rtasidagi 60 kunlik harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib olganliklarini rasman tasdiqlashdi. Hujjatning imzolanishi 19 iyun kuni Jenevada rejalashtirilgan.
Avvalroq Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib, 14 banddan iborat shartnoma matnini e’lon qilgan edi.