Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Vengriyadagi Sharqshunoslik institutida o‘zbek tilini o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi

Vengriyadagi Sharqshunoslik institutida o‘zbek tilini o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtdagi Etvosh Lorand universiteti qoshidagi Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Peri bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida institut direktori O‘zbekiston madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan yuqori qiziqish bildirdi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan yaqin hamkorlik qilish tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lgani ta’kidlandi.

Vengriya tomoni mamlakatda katta qiziqish uyg‘otayotgan o‘zbek tilini o‘qitishni o‘zi rahbarlik qilayotgan Sharqshunoslik institutida tashkil etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat yakunida har ikki tomon uchun ham qiziq bo‘lgan boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 10:07 23.03.2024. O'qildi: 1078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!