Agar AQShdan harbiy yordam to‘xtatilsa, Ukraina bir necha oy ichida oddiy yadroviy bomba yaratishi mumkin, - deya xabar bermoqda The Times Ukraina Mudofaa vazirligiga tayanib.
Bu 1945 yilda Qo‘shma Shtatlar tomonidan Nagasakiga tashlab yuborilgan «Little Boy» atom bombasida qo‘llaniladigan texnologiyadan foydalangan holda oddiy plutoniy asosidagi qurilma bo‘lishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, plutoniyning o‘zi yadroviy reaktorlarning ishlatilgan yoqilg‘i tayoqlaridan olinishi mumkin.
Shuningdek, ekspertlarning fikricha, Ukraina taxminan 1000 km masofaga uchadigan o‘zining ballistik raketasini yaratishga yaqin turibdi.