Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

«Siyosat ayovsiz jarayon»: Bayden Oq Uyda Tramp bilan uchrashdi

«Siyosat ayovsiz jarayon»: Bayden Oq Uyda Tramp bilan uchrashdi

AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Oq uyda amaldagi prezident Jo Bayden bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Bayden Trampga hokimiyatni tinch yo‘l bilan keyingi prezidentga o‘tkazish niyatida ekanligini aytdi va Tramp bu jarayon «iloji boricha silliq» o‘tishini aytdi.

«Janob saylangan va sobiq prezident Donald, tabriklayman! Biz hokimiyatning uzluksiz o‘tishini ta’minlashni istaymiz va sizga kerak bo‘lgan hamma narsaga ega bo‘lishingiz uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», — dedi Bayden Trampga.

«Siyosat - bu ayovsiz jarayon va umuman ko‘pincha unchalik yoqimli joy emas. Ammo bugun u yoqimli va men buni juda qadrlayman», dedi Tramp shundan so‘ng ikki siyosatchi qo‘l siqishdi.

Tramp va Bayden saylovoldi kampaniyasi davomida bir-birlarini qattiq tanqid qilishgan va oxirgi marta iyun oyida bo‘lib o‘tgan debatda uchrashgan. Ko‘p o‘tmay, Bayden yoshi va prezident lavozimini egallash qobiliyatiga oid xavotirlar tufayli poygadan chiqdi.

Saylangan prezidentning amaldagi rahbar bilan uchrashuvi Amerika siyosiy hayotining azaliy an’anasidir.

Biroq Tramp yutqazgan, ammo tan olishdan bosh tortgan 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin Bayden bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmadi: o‘sha paytdagi prezident uni taklif qilishdan bosh tortgandi.

Tramp Vashingtonga 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta keldi. Oq uyga tashrifidan oldin u Vakillar palatasida bo‘lib, u yerda Kongress quyi palatasi ustidan nazoratni saqlab qolish imkoniyati yuqori bo‘lgan Respublikachilar partiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Kiritildi: 03:13 14.11.2024. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!