Rossiya harbiylari oktabr oyida Suriyadagi Xmeymim aviabazasi yaqinida berilgan zarbalar tufayli Isroilga o‘z bayonotini taqdim etdi va bu kabi harakatlar maqbul emasligini e’lon qildi, dedi Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev «RIA Novosti»ga.
«Bizning harbiylarimiz, tabiiyki, Isroil vakillariga kelajakda u yerda joylashgan rossiyalik harbiylar hayotiga xavf tug‘diradigan bunday harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida bayonot berdi. Shu bois, bu oktabrdagi voqea takrorlanmasligiga umid qilamiz», — dedi Rossiya prezidentining maxsus vakili.
«Isroil Xmeymim yaqinida bir marta havo hujumini amalga oshirdi. Ya’ni, u havo bazasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bermadi, chunki bu, tabiiyki, Isroil uchun, shu jumladan, juda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ular buni juda yaxshi tushunishadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qandaydir ombor yoki binoga bo‘lgan», — dedi Lavrentiyev.