Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Vengriya O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni tashkil etadi

Vengriya O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni tashkil etadi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Prohuman rekruting kompaniyasi bosh direktori Agnes Tot va xizmatlar bo‘yicha direktori Endre Kovach bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Prohuman Vengriyaning yuqori, va o‘rta-quyi kvalifikasiyali xodimlarini, shuningdek, IT, tibbiyot va avtomobilsozlik sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishga ixtisoslashgan yetakchi rekruting tashkilotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompaniya Vengriya va boshqa mamlakatlarda 12 mingga yaqin kishini muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlamoqda.

Muzokaralar davomida Vengriyaga O‘zbekistondan turli kvalifikasiyali ishchilar va mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Kompaniya rahbarlari mamlakatda Vengriya mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni tashkil etishni taklif qilishdi.

Mazkur hamkorlik mehnat migrasiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolari uchun ishga joylashish va kasbiy o‘sish bo‘yicha yangi istiqbollarni yaratadi.

Kiritildi: 11:36 31.12.2024. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!