Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainani Yevropa qishloq xo‘jaligiga tahdid deb atadi.
"Ekin ekish uchun yaroqli bo‘lgan Yevropa yerlarining 40 foizi Ukraina nazorati ostida. Bozorni arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazadi va resurslarimizni tugatadi," - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Orbanning ta’kidlashicha, Vengriya Ukrainani bankrotlikdan qutqarishdan bosh tortmoqda.