Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vengriya G‘arb davlatlari bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzmoqda

Vengriya G‘arb davlatlari bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzmoqda

"Biz tabiiy gaz xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomani imzolaymiz. Bu G‘arb bilan tuzilgan eng uzoq muddatli gaz xarid qilish shartnomamiz bo‘ladi. Vengriya har doim diversifikasiyaga jiddiy e’tibor qaratib kelgan, gazni qancha ko‘p yo‘nalishlar orqali xarid qilsak, shuncha yaxshi bo‘ladi", — dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.

Bundan bir necha kun avval Siyyarto Ruminiya bilan ikki davlat o‘rtasidagi gaz quvuri o‘tkazuvchanligini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini va janubi-sharqdan gaz yetkazib berishni ko‘paytirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 21:52 09.09.2025. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!