Vengriya YEIning Ukrainaga 90 milliard yevrolik kreditini taqiqlab qo‘ydi
Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi to‘rtta manbaga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Vengriyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili 20 fevral kuni kreditga e’tiroz bildirgan. U Yevropa Ittifoqi byudjeti tomonidan kafolatlangan qo‘shma qarzni berishga so‘nggi daqiqada veto qo‘ydi.
Bunday qaror qabul qilish uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlatning bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashi talab qilinadi.