Bu haqda BBC xabar bermoqda.
BBC muxbiringning yozishicha, o‘tgan yil oktyabr oyida AQShning vositachiligi bilan kelishilgan sulh e’lon qilingach va G‘azo sektoridagi urush yakunlanganidan so‘ng, XAMASning Isroilga qarshi omon qolish kurashi endi hududiy nazorat uchun kurashga aylandi.
Nashr xabariga ko‘ra, to‘rt oy o‘tib, sektor aholisi XAMAS xavfsizlik, soliq tushumlari va davlat xizmatlari bo‘yicha nazoratini asta-sekin tiklayotganini aytmoqda. Bu esa guruhning uzoq muddatli strategiyasi haqida savollarni keltirib chiqaradi va Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasining ikkinchi bosqichida talab qilinayotgandek qurol va hokimiyatdan voz kechishga tayyorligi masalasini ko‘rib chiqishga undaydi.
G‘azo faoli Muhammad Diab XAMAS o‘zi mavjud bo‘lgan hududlarning 90% dan ortig‘ini qayta nazoratga olganini, guruhning polisiyasi va xavfsizlik kuchlari qaytib kelib, ko‘chalarda patrullik qilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, faol fuqarolar hujjat ishlari yoki tibbiy xizmatlar uchun XAMAS rasmiylariga murojaat qilishlari kerakligini, guruh sud tizimi va sudlar ustidan ham nazoratni qayta tiklayotganini qo‘shimcha qildi.