Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Vengriya Yevroittifoqning Ukrainaga doir bayonotini boykot qildi

Vengriya Yevroittifoqning Ukrainaga doir bayonotini boykot qildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan Alyaskada AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tishi fonida e’lon qilingan bayonotni imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda Orban o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi cahifasida ma’lum qildi.

Evropa Ittifoqiga a’zo qolgan 26 davlat yetakchilari esa qo‘shma bayonotni imzoladi.

Bayonotda, “davlatlar chegaralari kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak”ligi ta’kidlangan. YI mamlakatlari Ukrainaning o‘z kelajagini mustaqil belgilash erkinligi bo‘lishi kerakligini qayd etadi va “Ukrainaning o‘zini samarali himoya qilish qobiliyati kelajakdagi har qanday xavfsizlik kafolatining ajralmas qismi” ekanini bildiradi. Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish va yangilarini joriy etishga va’da beradi.

Hujjatda, shuningdek, xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilishga asoslangan holda Ukrainada adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatishga chaqiriq ham bor.

Kiritildi: 21:35 12.08.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!