Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Vengriya YEIning Ukrainaga ajratilgan 90 milliard yevrolik kreditini blokladi — Financial Times

Vengriya YEIning Ukrainaga ajratilgan 90 milliard yevrolik kreditini blokladi — Financial Times

20 fevral kuni Vengriyaning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Budapesht Yevropa Ittifoqi byudjetidan Ukrainaga mablag‘ ajratilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi.

Mazkur qaror Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zo davlati bir ovozdan ma’qullasagina qabul qilinadi.

Evropa Ittifoqi yetakchilari 2025 yil dekabr oyida 2026 yilning aprelida byudjet taqchilligiga duch kelishi kutilayotgan Ukrainaga yordam berish maqsadida 90 mlrd yevro kredit ajratishni kelishib olgan edi.

Biroq Vengriya, Slovakiya va Chexiya kredit bo‘yicha xarajatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaslik sharti bilan Ukrainaga yordam berishga rozi bo‘lgandi.

Nashrning yozishicha, Yevrokomissiya Ukrainaga kredit ajratish uchun Yevropa Ittifoqi byudjetidan foydalanish masalasida barcha a’zo davlatlarning qo‘llab-quvvatlashini qo‘lga kiritishi kerak.

Kiritildi: Bugun 17:57. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!