Avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) ikki kishini hibsga olganini, ular Vengriya razvedkasi foydasiga ishlaganlikda gumon qilinayotganini xabar bergan edi.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto UXXning Vengriya josuslari Ukrainaning Karpatorti hududida faoliyat yuritganiga oid bayonotini "tashviqot harakati" deb atadi.
"Bizga ushbu masalaga oid biror rasmiy yoki aniq ma’lumot yetib kelganidagina unga munosabat bildirishimiz mumkin bo‘ladi. Ayni paytda esa bu bayonotni tashviqot sifatida baholash va unga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim", — deya fikr bildirdi Siyyarto.