Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Vengriya bosh vaziri muxolifat yetakchisini intim video orqali shantaj qilishda ayblanmoqda — Deutsche Welle

 Vengriya bosh vaziri muxolifat yetakchisini intim video orqali shantaj qilishda ayblanmoqda — Deutsche Welle

Vengriya muxolifati yetakchisi Peter Madyar o‘zini “ruscha klassik kompromat” qurboni bo‘lganini ma’lum qildi.

Madyarning aytishicha, bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi hukmron partiya va maxsus xizmatlar bilan aloqador noma’lum shaxslar uning ishtirokidagi intim videoni e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Muxolif siyosatchining bayonotiga ko‘ra, voqea 2024 yil 2 avgustda u va tanishi Evelin Fogel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.

"Bu ixtiyoriy munosabat edi. Men o‘sha paytda spirtli ichimlik yoki giyohvand modda iste’mol qilmagandim. Men kuchayib borayotgan shantaj sabab bu holatni maxsus uyushtirilgan “kompromat operasiyasi” sifatida baholayman", — dedi siyosatchi.

Madyarning da’vo qilishicha, kompromat ortida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan bog‘liq shaxslar turibdi. Peter Madyarning partiyasi 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida hukmron partiyaning asosiy raqibi hisoblanadi.

Kiritildi: 22:23 13.02.2026. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!