Venesueladagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1719 kishiga yetdi, 5000 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Bu haqda Bolivar Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Xorxe Rodriges e’lon qildi.
"O‘lganlar soni 1719 kishini tashkil etadi, 5034 kishi jarohatlangan", dedi u jurnalistlarga.
Oldingi qurbonlar soni 1430 kishini tashkil etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kechasi Venesuyela shimolida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologik xizmati keyinchalik 40 soniya oralig‘ida sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila haqida xabar berdi. Mamlakat rasmiylari favqulodda holat e’lon qilishdi.