Venesuelada minglab aholi AQSh tahdidlariga qarshi namoyishga chiqib, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatladi.
Karakasda «Ozodlovchi Simon Bolivarning bayrog‘i va qilichi paradi» nomli marshda ishtirokchilar ulkan Venesuela bayroqlarini ko‘tarib, Karib mintaqasida AQSh harbiylarining mavjudligini «taxdid va agressiya akti» deb atadilar.
Ishtirokchilar Maduro fotosuratlarini ko‘tarib, unga qo‘llab-quvvatlash shiorlarini sado qildi.